Hifz

Quran Hifz

har joyda va har vaqtda mus’hafsiz o’qish imkoniyati

Qur’onni qalbingizga joylang

Hifz orqali Qur’oni Karim doimiy hamrohingiz.

Ushbu Kursga Qatnashishning Nima Afzalliklari Bor?

Card 1
Mustahkam hifz

Yodlagan suralaringiz yodingizga mustahkam o’rnashadi. Chunki biz yodlanganlarni xotirada saqlab qolishning foyda beradigan va ishonchli usullaridan foydalanamiz. (Dangasa talabalar qabul qilinmaydi)

Card 2
Mutashabihatlarni farqlash

Suralardagi o’xshash oyatlarni farqli usulda yodlashni o’rganasiz. Ammo “men qilolmayman” degan havotirga o’rin yo’q, bu holatga bosqichma bosqich chiqasiz va natijada ishonch bilan, esdan chiqib ketish yoki adashtirib qo’yishdan xavfsiramasdan yoddan o’qiy olasiz.

Card 3
Yaxshi Jamoa

O’z ustida qattiq ishlaydigan, tirishqoq talabalar bilan birga, Qur’on yodlashingizga yordam beradigan sog’lom muhitda bo’lasiz va o’rganasiz.

o’quvchi #1: D…

Man hali ko'p qatnashmadim lekin shu darsladan kelib chiqib xulosamni yozmoqchiman. 1.Online bo'gani mani uchun eng afzal tomonlaridan.Ustozni ilmlilari uchun hurmat qilib qo'shildim.Hifz kurslarida qatnashib ko'rmaganim uchun manda solishtiruv bo'lmadi unchalik. 2.Bu ustozni siz ko'p tariflaganizda ustozni yaxshi tanib tanimay qo'shilgandim.siz tafsiya qilganiz uchun ishongandim.Alhamdulillah oxirigacha Alloh bardavom qilsin. Ustozzi qat'iyatliligi vazifamizga qattiq fokus qaratishligi menga juda yoqdi.Murojaa man uchun yangilik bo'ldi hali moslashib ketolmagan bo'lsamda juda manfaatli yondashuv ekanligini tushundim. 3.Kursdan shunchaki emas qattiq yondashishni Qur'onga ortgan vaqtimni emas eng afzal vaqtimni ajratishim kkligini angladim.Jiddu jahd bilan vazifamni tayyorlashim kk ligini tushunib yetdim hamda o'zimni o'rtoqlarimga ham ustoz haqida aytib qo'shilishlarini aytdim.

o’quvchi #2: M…

Ассалому алайкум ва рахматулиллахи ва барокатух мен тогрисини айтсам тажвид дарсларини окияткан пайтимда куронни чиройли ва бе хато окишни жуда хохлаган едим алижон Корини кузатардим ва хайолимда оллох менга енг тогри окитадигон устозни Насиб етсайди деб ойладим амаллар нийятка богликлиги рост.чин юрагиздан хохлаган нарсани соатлаб Дуо килиб сораш хам шарт емас екан роббимиз калбдаги нарсаларни билгивчу мен факат нийят килдим колгани оллохни хохиши Билан болди Курсни афзаллик томони Хар дарста мурожани соралиши. Устозни талабчанлиги хатоларимга етибор бериши коп кийналганимда айникса хатоларни белгилаб суратини ташлаши менга жуда йордам беради оллох улардан Рози болсин Мени ойижоним курон окинг деб жуда коп устозларни коп йиллар орасида тавсия килган Лекин менда хохишам харакат хам интилиш хам болмаган Бир Икки дарсларга борган болсам хам хеч бирида деярли хеч нарса органмаганман Кимни куронга мухаббатли холда корсам Оша одамни мени устозларимда окишини йоки сизларга охшаган устозларда окишини хохлайман чунки яхши устоз нематларнинг енг яхшиларидан Шу курса окиганимдан кегин аввалги хайотимга ачиндим енди куронни пероводи Билан окишга органдим намозларимда катта сураларни кошишни ва копрок холларда оллохни розилиги истайдигон болдим бунда сизни ва устознинг хизмати катта оллох сизлардан Рози болсин Енг калбимга манзур нарса окиган сураларимни тафсирини окиш енг хурсан киладигон нарса дарсни яхши топшира олиш дарсни яхши топширган куним менда бахли одам болмайди😂 Мени шундай нематларга лойик корган оллохга хамдлар болсин устозларимни Икки дуйо мартабалари баланд болсин килган мехнатларингизни рохати жаннат болсин

o’quvchi #3: D…

Assalomu alaykum va roxmatulloxi vabarokatux.Alloxga bexisob shukrlar bo'lsin bizlarga quron o'qish yodlash dek ne'matni berdi iloxim davomli barokatli qilsin . 1.Ushbu kursni afzallik tomoniga kelsak .Eng avvalo quron b.n bog'lanasiz kuniz voxtiz quron b.n band bo'larkan Hifz qilyatgan odamda Alloxni kalomini qanchalik o'qiganiz sari unga yaqinlasharkansiz dunyoda g'ami tashvishlari esizdan chiqarkan Allox birgina quronga muxabbatni qalbizga joylab qo'yarkan Alxamdulillax. 2. Nima uchun aynan ushbu ustozda o'qishni tanlagansiz ? Ustozni darslariga qatnashmay turib arab ustozliklari uchun xato kamchiliklarimizni mukammal topadila deb ushbu ustoz darslariga qo'shilgandim lekn darslar davomida shuni bildimki Mani Ustozim xar tarafla eng a'losi ekanla Alloximga bexisob shukr bo'lsin shunday ustozga shogirt qilganiga .Ustoz qanaqaligiga qarab shogirt yo o'qiyatgan ilmiga qiziqadi yoki dars yaxshimasligidan undan beziydi A bizni ustoz bo'lsa bizni darsga qiziqtira oldila ularni qalbimizda yuksak o'rinlari  bor men ustozimdan doim roziman ularni xam rozi qilish uchun voxtlariga zulm qilmaslik uchun xam darsimni puxta qilishga xarakat qilaman . Ustozni uslublari juda yoqadi boshida qiyn bo'lishi mumkin lekn uni anglab o'rgansaiz qalbga boshqacha xuzr beradi Ustoz xar bir xatoyimni anglatib tushuntirganlaridan boshqa payt yoddan o'qiyatganimdayam shu xato qilgan joyimni eslatkanlari xatoyim ustida ishlashimizni o'rgatganlari uchun xam yodimda qoladi o'sha joy kelganda yanayam sergak tortib qilgan xatoyimni takrorlamaslikka xarakat qilaman mativatsiyaniyam zo'r beradilaki quron yodlayatganimdan Allox meni tanlab olganidan judayam xursand bo'p ketaman biz Quronni majburlikdan emas muxabbat b.n yodlaymiz. 3. Kursdan qanday foyda olganimga kelsak judayam ko'p agar sanamay aytadigon bo'lsam Xonadonimizga Alloxni raxmati barokati yog'ilyapti qalbda xotirjamlik dunyoni g'ami yo'q quron b.n bandman keyn muroja qilish sababli men doimiy kundalik yumishlarni bajaryatgandayam quron b.n bandman menda oldin bunday bo'lamagan namozda yodlaganlarimni qo'rqmay o'qiyman bu kurs menga Quronni puxta qilib xatolarsiz yodlashimga Alloxni izni b.n eng katta ko'makchi bo'lyapti bu kursni ustozimni yo'qotib qo'yishdan qo'rqaman Allox ularni bizdan ayirmasin jannatda bizga shunqa puxta talim berishgani uchun Payg'ambarimiz ularni bag'rilariga bosib raxmatlar aytsinlar iloxim😢😢

o’quvchi #4: D…

Assalomu aleykum men bitta dars qatnashgan bo'lsam ham, juda maqul keldi, chunki Ustoz juda diqqatli ekanla, xatolaga sabr bilan izoh berib to'g'irlatib, o'quvchi o'z xatosini ustida ishlashi uchun o'qiganini record qilib yozib oldirarkanla. Oldingi yodlangan oyatlarni so'rab murojaa qilishlari haqiqatdan ham samarali usullardan Ustozni qiroatlari juda yoqdi, Qur'on o'qish va yodlashga havasim yanada ortdi, Allohim barchamizni Qur'on ga mohir bandalaridan qilsin.

O’quvchi #5: M…

Meni bu kursga … taklif qilgandilar, Alloh rozi boʼlsin ulardan Darsni men uchun afzal tarafi juda koʻp. Eng asosiysi aynan shu dars va ustoz  sabab Qurʼon bilan oʻtyapti har kunim. Yurgan yoʻlimda ham oʻz oʻzidan oyatlar kelyapti tilimga, sakinatni his qila boshladim. hamd Ustozni dars oʻtish metodlari juda yoqadi menga. Juda katta masʼuliyat va eʼtibor, sabr bilan yondashadilar har bir tolibaga, meni judalar hayratlantirgan shu hislatlari. Alloh rozi bolsin ustozdan. Ikki dunyo saodatiga etishtirsin InshaaAlloh ✨

O’quvchi #6. N…

Hifz bo’yicha ko’p ustoz, metod, usul ve turli yo’llarni sinab ko’rgan, va hifzni eng mashaqqatli ish deb o’ylab qolgan va uni yana qayta boshlashdan qo’rqib qolgan inson sifatida aytamanki, endi eng to’g’ri ustozni tanlabman. Manda doim muammo yangi yodlagan suralarimni yodlash uchun judayam uzoq vaqt sarflardim, va ertasi kunigayoq shuncha mashaqqat bilan yodlaganimni unitardim. birorta ustozim avval yodlagan suralarimni so’ramagani, unga e’tibor bermagani va so’rasayam unga qanaqa tayyorlanishni bilmaganim uchun har safar yarim yo’lda tashlab ketardim. va oxiri butunlay bo’sh bo’lib, butun kunimni quronga ajratoladigan bur paytga keganimda tuni kun quron yodliman hozir paytimas deb o’zimga bahona qilib oldim. lekin ustozga barcha boshimdan o’tganlarimni aytganimdan keyin manga hamma qilgan xatolarimni aytib berdilar va yodlash uchun manda o’zinga qayta ishonch va ishtiyoq uyg’ota oldilar. Hozir va avvalgi holatimni taqqoslasam osmon va yercha farq bor. Noto’g’ri yodlash usullaridan foydalanganim, yodlashga noto’g’ri yondashganim uchun psixologiyamda katta travma paydo bo’lgan ekan. ustoz manga oz bo’lsada, har kunimni qaysidir qismini Qur’on bilan o’tkazishni va uning barakasidan nasibador bo’lishni, va eng muhimi yodlagan suralarni esdan chiqarmaslik usullarini o’rgatti va esimizdan chiqarmaslik uchun, yodlangan suralar pishiq va mustahkam bo’lishi uchun har darsda o’tgan suralardan murojaa qiladi. Ustoz arab bo’lsada o’quvchilar uni  tushuna olishi uchun maksimala harakat qiladi. shu sababdan bazi qizlar arab va ingliz tilini bilmasa ham muloqot jarayonida hech qanday muammo va tushunmovchilik sodir bo’lmadi. Judayam ko’p ustoz ko’rganman, va yaxshi- mas’ulyatli, jonkuyar ustoz bilan beeitibor ustozni farqlay oladigan darajada tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki, bunaqa fidoyi ustozni birinchi ko’rishim va ular man uchun qilgan yaxshilikni hech narsa bilan ado qilolmayman. Maniki kabi hifz bo’yicha og’riqli o’tmishi bor bo’lgan va yana Qur’on yodlashga jur’at qilolmayotgan yoki yangi boshlash arafasida turgan har bir mo’minga xolis maslahatim, bo’rttirishlar, reklama, haddan oshishlardan uzoq turib gapiraman: Bu yo’l biz o’ylaganchalik qiyin emas,faqat TO’G’RI USTOZ tanlay olsangizgina. Mo’min o’zi uchun yaxshi ko’rganini birodari uchun istamaguniga qadar haqiqiy mo’min bo’lolmaydi mazmunidagi hadisni keltirib aytamanki, shu kursda o’qishni barchaga tavsiya qilaman. Maksimal natija bilan chiqasiz. Oxiriga borishingiz emas, har kuningizda Qur’on bo’lishi muhim. Alloh natijaga emas, harakatlarizmizga qaraydi

Qatnashish Istagidagida Bo’lganlardan Talab Qilinadi

Card 1
Tajvidi yaxshi

Qur’onni xatosiz, sifat va maxrojni ado etgan va tajvidga rioya etgan holatda o’qiy olishi shart.

Card 1
Intizom

Qat’iyatli, intizomli va irodali bo’lish, aytgan vazifalarni vaqtida buyurilganidek qilish. Darsga va ustozni so’rovlariga e’tiborsiz bo’lish, javob bermaslik, ko’p dars qoldirish mumkin emas

Hifz

Ustoz Kim?

Ustoz Emad Imom Asim qiroati Sho’ba va Hafs rivoyatlardan ijozaga ega Hofizi Qur’on. Asl mutaxasisligi tibbiyot bo‘lgan ustoz Emad Qur’onni yodlash safarini bolalikda boshlagan va hifzda duch keliniladigan turli qiyinchiliklarga uchragan, bu esa uni samarali yodlash usullarini ishlab chiqishga undadi. U o‘z bilimlarini Qur’on talabalari bilan bo‘lishish va ularga bu yo‘lda muvaffaqiyatga erishishda yordam berishga ishtiyoqmand

Kursga qanday qo’shilish mumkin?

Hifz orqali Qur’oni Karim doimiy hamrohingiz

Ko'p beriladigan savollar

Kurs haqida eng ko'p so'raladigan savollar va javoblar

No, the course is forstudents who can recite quran fluently without mistakes